Bitiruvchilar monitoringi

Bitiruvchilar monitoringi

Buxoro davlat tibbiyot instituti 2020-2021 o’quv yillarida bitiruvchilarni ishga joylashish bo’yicha ma’lumot. Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiyot instituti tomonidan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash yuzasidan yillik ish va chora tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va shunga asosan bugungi kunda BuxDavTIda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning extiyojini o’rganish asosida bakalavriyat, magistratura yo’nalishi bo’yicha har yili monitoring o’tkaziladi unga asosan quyidagilar ma’lum bo’ldi. 2020-2021 o’quv yilda jami bakalaviriyat yo’nalishi bo’yicha jami 335 nafar bitiruvchi tamomlagan, 297 nafar bitiruvchi bandligi ta’minlangan ya’ni 88,7 % tashkil etadi. Davlat grant asosida 76 nafar bitiruvchi tamomlagan, shundan ishga joуlashgan 41 nafar bitiruvchi shaxar Oilaviy poliklinikalari, shaхar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Qishloq vrachlik punktlari, Qishloq oilaviy poliklinikalari hamda tibbiyot kollejlariga ishga joylashdilar. O’qishdan keyingi faoliyatini  BuxDavTI,  TTA, ToshVMOI,  ToshPTI  oliygoxlarida magistratura va klinik ordinaturada o’qishni davom ettirayotganlar 33 nafarni tashkil etadi. Shulardan 2 nafar bitiruvchi ishga joylashish jarayonida. To’lov-kontrakt to’lov asosida jami 259 nafar bitiruvchi bo’lib, ulardan ishga joylashgan 100 nafar bitiruvchi shaxar Oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Qishloq vrachlik punktlari, Qishloq oilaviy poliklinikalari, tibbiyot kollejlari hamda xususiy tibbiyot shifoxonalariga ishga joylashdilar. O’qishdan keyingi faoliyatini BuxDavTI,  TTA, ToshPTI, TDSI,  ToshVMOI, RSHTYOIM  oliygoxlarida magistratura va klinik ordinaturada o’qishni davom ettirayotganlar 123 nafarni tashkil etadi. Turmushga chiqqan va farzandi tarbiyasi bilan shugullanayotgan bitiruvchilar 5 nafarni tashkil etadi. Shulardan 24 nafar bitiruvchilar ishga joylashish jarayonida. 2020-2021 o’quv yilda magistratura 16 ta mutaxassislik bo’yicha jami 52 nafar bitiruvchilar bitirgan, shulardan 41 nafar bitiruvchi bandligi ta’minlangan ya’ni 92,3 % tashkil etadi. Davlat granti asosida 15 nafar magistratura bitiruvchilaridan 13 nafari  ishga joylashgan.  Farzand tarbiyasi bilan shugullanayotgan bitiruvchilar 2 nafarni tashkil etadi. To’lov-kontrakt to’lov asosida jami 37 nafar magistr bitiruvchi bo’lib, ulardan 35 nafari ishga joylashgan. 2 nafari bola parvarish ta’tilida.